Bosh sahifa/Maxfiylik siyosati
Maxfiylik siyosati
Shaxsiy ma’lumotlaringiz qanday yigʻilishi va ishlatilishi haqida.
Oxirgi yangilanish: 11.11.2026
1. Umumiy qoidalar
IlmBaza (ilmbaza.uz, keyingi oʻrinlarda – “Platforma”) foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq qayta ishlaydi. Ushbu siyosat qanday maʼlumot yigʻilishi, nima uchun ishlatilishi, qancha saqlanishi va sizning huquqlaringizni tushuntiradi.
Platformadan foydalanish yoki roʻyxatdan oʻtish ushbu siyosatga rozilik bildirganingizni anglatadi.
2. Qanday maʼlumotlar yigʻiladi
Roʻyxatdan oʻtish va kirishda
- ism, elektron pochta va parol (parol faqat shifrlangan xesh koʻrinishida saqlanadi, uni hech kim, jumladan maʼmuriyat ham koʻra olmaydi);
- Google orqali kirsangiz – Google hisobingiz identifikatori, ismingiz, emailingiz va profil rasmingiz;
- Telegram orqali kirsangiz yoki botdan foydalansangiz – Telegram identifikatoringiz va ismingiz. Botdan birinchi foydalanganda siz uchun akkaunt avtomatik yaratiladi – uni istalgan vaqtda oʻchirishingiz mumkin;
- tarifingiz, obuna muddati, interfeys tili, roʻyxatdan oʻtgan va oxirgi kirgan sana.
Platformadan foydalanishda
- vositalarda olingan natijalar soni (kunlik limitni hisoblash uchun). Roʻyxatdan oʻtmagan foydalanuvchida bu hisob IP-manzil boʻyicha yuritiladi;
- akkauntingizga sinxronlangan sozlamalar va roʻyxatlar: tanlangan vositalar, saqlangan namunalar, kuzatilayotgan jurnallar, deadline’lar, yoʻl xaritasi, titul va hajm maʼlumotlari, kengash hujjatlari belgilari;
- siz yaratgan soʻrovnomalar va ularga kelgan javoblar;
- Bogʻlanish formasi yoki “Xato haqida xabar” orqali yuborgan xabaringiz: ism, aloqa maʼlumoti, mavzu, matn, sahifa va IP-manzil;
- toʻlov buyurtmalari: tarif, muddat, summa, toʻlov usuli va holati. Karta orqali toʻlashda – siz yuklagan chek rasmi va izohingiz.
Avtomatik ravishda
- anonim tashrif statistikasi: ochilgan sahifa, til, qurilma turi, brauzer va operatsion tizim, qaysi saytdan kelganingiz. Bunda IP-manzil saqlanmaydi, brauzeringizga tasodifiy anonim identifikator yoziladi;
- akkauntlarni himoya qilish uchun – muvaffaqiyatsiz kirish urinishlarining IP-manzili va emaili.
Yigʻilmaydi: bank karta raqami, amal qilish muddati, CVV va boshqa toʻlov rekvizitlari – ular toʻgʻridan-toʻgʻri Payme yoki Click tizimida kiritiladi.
3. Vositalarga yuklangan fayllar
Hujjat tekshirish, Word rasmiylashtirish, ilmiy korrektor, avtoreferat, taqdimot va boshqa vositalarda siz tanlagan DOCX va PDF fayllar brauzeringizning oʻzida qayta ishlanadi va serverga yuborilmaydi. Natija (masalan, tuzatilgan fayl) ham qurilmangizda yaratiladi. Serverga faqat natija olinganligi haqidagi hisob yuboriladi.
4. Maʼlumotlardan qanday foydalaniladi
- akkauntni yaratish, kirish va uning xavfsizligini taʼminlash;
- vositalar, tariflar va kunlik limitlarni ishlatish;
- sozlamalaringizni barcha qurilmalarda bir xil saqlash;
- siz yoqqan bildirishnomalarni yuborish: deadline eslatmalari, jurnal holati, kirish va tasdiqlash kodlari;
- toʻlovlarni qayd etish va obunani faollashtirish;
- murojaatlaringizga javob berish;
- Platformani yaxshilash uchun umumiy, anonim statistika.
Maʼlumotlaringiz sotilmaydi va reklama maqsadida uchinchi tomonlarga berilmaydi.
5. Uchinchi tomon xizmatlari
Platforma quyidagi xizmatlardan foydalanadi; ular maʼlumotlarni oʻz qoidalariga koʻra qayta ishlaydi:
- Payme va Click – onlayn toʻlov;
- Google – “Google bilan kirish” tanlanganda;
- Telegram – bot bildirishnomalari va Telegram orqali kirish;
- pochta xizmati (SMTP) – xatlarni yetkazish;
- Google Analytics va Yandex Metrika – faqat ulangan boʻlsa, umumiy statistika uchun.
Qonunda belgilangan hollarda maʼlumotlar vakolatli davlat organlariga ularning rasmiy soʻroviga koʻra berilishi mumkin.
6. Cookie va brauzer xotirasi
- kirish sessiyasi cookie fayli – 30 kun, faqat server oʻqiydi;
- tanlangan til cookie fayli;
- brauzer xotirasi (localStorage): mavzu (yorugʻ yoki tungi), anonim statistika identifikatori, mehmon sifatida ishlaganda vositalar maʼlumotlari, roʻyxatdan oʻtish taklifi qachon koʻrsatilgani.
Ularni brauzer sozlamalarida oʻchirishingiz mumkin. Bunda akkauntdan chiqasiz va ayrim sozlamalar boshlangʻich holatga qaytadi.
7. Saqlash muddati
- akkaunt maʼlumotlari – akkaunt oʻchirilgunga qadar;
- kunlik foydalanish hisobi – limitni hisoblash va statistika uchun;
- toʻlov buyurtmalari – buxgalteriya hisobi uchun akkaunt oʻchirilgandan keyin ham, sizga bogʻlanmagan holda saqlanadi;
- murojaatlar – koʻrib chiqilgunga va buning uchun zarur muddat davomida.
8. Xavfsizlik
- parollar shifrlangan xesh koʻrinishida saqlanadi;
- sessiya cookie fayli faqat xavfsiz ulanish orqali yuboriladi va sahifa skriptlariga koʻrinmaydi;
- boshqaruv panelidagi maxfiy kalitlar shifrlab saqlanadi;
- kirish urinishlari soni cheklangan;
- parol almashtirilganda yoki “Barcha qurilmalardan chiqish” bosilganda boshqa qurilmalardagi sessiyalar yopiladi.
9. Sizning huquqlaringiz
- maʼlumotlaringizni koʻrish va tuzatish – Sozlamalar → Profil;
- Google yoki Telegram bogʻlanishini uzish, bildirishnomalarni oʻchirish;
- akkauntni oʻchirish – Sozlamalar’da. Bunda akkaunt, sinxronlangan maʼlumotlar, soʻrovnomalar va ularning javoblari, foydalanish hisobi oʻchiriladi;
- maʼlumotlaringiz qanday ishlatilayotgani haqida maʼlumot soʻrash.
10. Siyosatdagi oʻzgarishlar
Siyosat yangilanishi mumkin. Yangi tahrir shu sahifada sanasi bilan eʼlon qilinadi va eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
11. Bogʻlanish
Shaxsiy maʼlumotlar boʻyicha savollar: info@ilmbaza.uz yoki Bogʻlanish sahifasi.