2027-yil 1-yanvarga qadar OAK dissertatsiya himoyasi toʻgʻrisida eʼlon bergan va himoyasi oʻtkazilgan izlanuvchilarga daraja avvalgi tartibda beriladi (PF-98, 7-band)
| Talab | PhD | DSc | Asos |
|---|
| Kim himoya qila oladi | Magistr (tibbiyotda – klinik ordinatura) | PhD yoki fan nomzodi | PF-4958, 2-band |
| Ilmiy ishlar, jami | kamida 7 ta | kamida 15 ta | 2894, 18–19-bandlar |
| Shundan jurnal maqolalari | kamida 3 ta, 1 tasi nufuzli xorijiy jurnalda | kamida 10 ta, 1 tasi nufuzli xorijiy jurnalda | 2894, 18–19-bandlar |
| Xalqaro konferensiya materiallari | kamida 2 ta | kamida 2 ta | 2894, 18–19-bandlar |
| Monografiya | talab qilinmaydi | ijtimoiy-gumanitar fanlarda shart | 2894, 19-band |
| Dissertatsiya | kamida 3 bob, adabiyotlar va ilovalarsiz 120 betgacha (60 varaq, ikki tomonlama) | kamida 4 bob, adabiyotlar va ilovalarsiz 200 betgacha (100 varaq, ikki tomonlama) | 2894, 14-band |
| Avtoreferat | 2 bosma taboq | 3 bosma taboq | 2665, 42-band |
| Malakaviy imtihonlar | ixtisoslik va chet tili | topshirilmaydi | 2764, 1-band |
| Ilmiy rahbar | ilmiy rahbar | ilmiy konsultant (shart emas) | 304, 7-band |
| Rasmiy opponentlar | 2 ta, biri fan doktori | 3 ta fan doktori | 2893, 45-band |
| Kengashda dastlabki ekspertiza | 2 oy | 3 oy | 2893, 33-band |
| Daraja berish uchun ovoz | kamida 2/3 | kamida 2/3 | 2893, 79-band |
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda asosiy maqolalar yakka mualliflikda boʻlishi kerak (arxeologiyadan tashqari), dissertatsiya hajmi 30 foizgacha koʻp boʻlishi mumkin. Mundarija, adabiyotlar roʻyxati, shartli belgilar va ilovalar hajmga kirmaydi (2665, 17-band).
- Doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilikTayanch doktoranturaga kirish imtihonlari har yili 1–25-noyabrda; mustaqil izlanuvchilikka yil davomida (304-qaror)
- Mavzu va ilmiy rahbarni tasdiqlashMuassasa kengashi tasdiqlaydi
- Malakaviy imtihonlarIxtisoslik va chet tili, 100 ballik tizimda (2764)
- Maqolalar va aprobatsiyaKamida 3 (PhD) yoki 10 (DSc) maqola, 2 xalqaro konferensiya (2894, 18–19-bandlar)
- Natijalarni amaliyotga joriy etishJoriy etish toʻgʻrisidagi xulosa (2666)
- Dastlabki ekspertizaMuassasa ilmiy seminarida; xulosa PhD 2 oyda, DSc 3 oyda (2894, 26–28-bandlar)
- Ilmiy kengashga topshirishIlmiy seminar xulosasi, keyin 1 oy ichida himoyaga qabul (2893, 41-band)
- Yetakchi tashkilot muhokamasiYetakchi tashkilot taqrizi (2893, 48–50-bandlar)
- OAKda eʼlon va avtoreferatHimoya eʼlondan keyin 40 kun ichida; avtoreferat 12 kun oldin tarqatiladi (2893, 56–59-bandlar)
- Himoya2 yoki 3 opponent, yashirin ovoz, kamida 2/3 ovoz (2893, 45, 79-bandlar)
- OAK ekspertizasi va tasdigʻiEkspert kengashi va Rayosat qarori (2894, 39–45-bandlar)